Avstraliya shaqrida «Debbi» tropik sikloni tufayli kelib chiqqan suv toshqini oqibatida besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «TASS»ga tayanib «Daryo» nashri xabar berdi.
Yangi Janubiy Uels va Kvinslend rasmiylari 1 aprel, shanba kuni ushbu shtatlar hududidagi suv toshqini oqibatida uch kishi jabrlanganligi, 2 aprel, yakshanba kuni esa yana ikki kishi halok bo‘lganligini ma’lum qildi. Kvinslend shtati uch nafar fuqarosining taqdiri noma’lumligicha qolayotganligiga aniqlik kiritdi.
Qutqaruvchilarning ma’lumotlariga qaraganda, Yangi Janubiy Uelsning 20 mingga yaqin aholisi o‘tgan kunlar davomida tark etgan uylariga hamon qayta olmadi. Mazkur shtatning o‘n mingdan ortiq, Kvinslendda 60 mingdan ortiq uy elektr ta’minotisiz qolgan.
Hozirgi paytda Kvinslend sharqidagi Rokgempton shahrida eng tahdidli vaziyat yuzaga kelmoqda. 70 mingdan ortiq aholiga ega bo‘lgan mazkur shahardan oqib o‘tuvchi Fitsroy daryosining suv sathi 1954 yilda qayd etilgan ko‘rsatkichdan ham oshishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi