15:01 / 02.04.2017
6 474

AQSh boshchiligidagi koalisiya aviazarbalarda 396 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lganini tan oldi

AQSh boshchiligidagi koalisiya aviazarbalarda 396 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lganini tan oldi
AQSh boshchiligidagi xalqaro koalisiya 2014 yil avgustidan 2017 yil fevraliga qadar Suriya va Iroqda berilgan aviazarbalar natijasida tinch aholidan jami 396 kishi halok bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda «Gazeta.ru»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

«Hozirga qadar, 2014 yil avgustidan 2017 yil fevraligacha bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, ittifoq jami 18,6 ming avizarbani amalga oshirgan. Bu davr mobaynida tinch aholining 396 nafar vakili halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin», — deyiladi koalisiya axborotida.

Shuningdek, koalisiya Mosulga hujum vaqtida amalga oshirilgan avizarbalar natijasida tinch aholi halok bo‘lgani haqidagi 15 ta ishonchli xabarga ega ekanligini tasdiqladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh boshchiligidagi koalisiya aviazarbalarda 396 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lganini tan oldi