18:23 / 03.04.2017
6 326

Putin terakt variantini istisno etmadi

Putin terakt variantini istisno etmadi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburg metrosida ro‘y bergan portlashlar oqibatida qurbon bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi, deb yozadi Kun.uz nashri.

U ushbu hodisa huquq tartibot organlari tomonidan sinchiklab o‘rganilishi va portlash sabablari aniqlanishini bildirgan. Prezident hodisaning ehtimoliy sabablaridan biri sifatida terakt varianti ham istisno etilmasligini ma’lum qilgan.

«Men maxsus xizmatlar rahbarlari bilan, FSB direktori bilan bu masalani muhokama qildim. Huquq tartibot organlari va maxsus xizmatlar ushbu hodisa sabablarini aniqlashadi», - degan u Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuvi vaqtida.

Peterburg metrosida ikkita portlash ro‘y berdi. «Texnologicheskiy institut» va «Sennaya ploщad» bekatlarida ro‘y bergan portlashlar oqibatida 10 kishi halok bo‘lib, kamida 50 kishi jarohatlangani aytilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin terakt variantini istisno etmadi