Sankt-Peterburg hukumati metrodagi portlash qurbonlari xotirasiga 4 aprel kunidan 3 kunlik motam e’lon qildi. Shahar gubernatori Georgiy Poltavchenkoning shu haqdagi qarori e’lon qilingan, deb yozadi Kun.uz nashri.
Bundan tashqari, bugun Sankt-Peterburgda shahar transportining barcha yo‘nalishlariga odamlarni bepul tashish haqida ko‘rsatma berilgan.
Uber taksi xizmati hodisa yaqinida bo‘lgan barcha peterburgliklarga bepul xizmat ko‘rsatishga tayyorligini ma’lum qildi. «Yandeks» kompaniyasi esa «Yandeks.Taksi» bo‘yicha Peterburgdagi barcha hamkorlaridan «imkon qadar ko‘proq avtomobillarni yo‘lga chiqarish» haqida iltimos qilgan.
3 aprel kuni metroning «Sennaya ploщad» va «Texnologicheskiy institut» bekatlarida portlash ro‘y bergani xabar qilindi. Ammo metroda faqat bitta portlash sodir bo‘lgani, poezd bir bekatdan ikkinchisiga yurganida uchinchi vagon portlagani oydinlashdi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi va 22 kishi jarohatlandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?