10:27 / 04.04.2017
6 614

Qirg‘iziston o‘z fuqarosi Peterburgdagi portlash ijrochisi sifatida gumonlanayotganiga izoh bermadi

Qirg‘iziston o‘z fuqarosi Peterburgdagi portlash ijrochisi sifatida gumonlanayotganiga izoh bermadi
Qirg‘iziston maxsus xizmatlari hozircha Peterburgdagi portlash qirg‘izistonlik tomonidan sodir etilgani taxmin qilinayotgan xabarlarga e’tibor qaratmayapti.

«Hozircha terakt ijrochisi Rossiya pasportiga ega bo‘lgan Qirg‘iziston fuqarosi ekani haqida tarqalgan xabarlarga hech qanday izoh berilmaydi», - deya javob bergan respublika maxsus xizmatlar vakili Interfaks muxbiriga.

O‘z navbatida Qirg‘izistonning Moskvadagi elchixonasi dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Peterburgdagi portlash oqibatida qurbon bo‘lgan va jabrlanganlar orasida respublika fuqarosi yo‘qligini ma’lum qilgan, deb yozadi Kun.uz.

3 aprel kuni Sankt-Peterburg metrosida terakt yuz berdi: «Sennaya ploshchad» va «Texnologicheskiy institut» bekatlari oralig‘ida qo‘lbola portlovchi uskuna harakatga keldi. Portlash oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, 40 dan ortiq odam jabrlandi. Bundan tashqari, «Ploshchad Vosstaniya» bekatida yana bir bomba topilib, zararsizlantirildi. Hozircha hech bir tashkilot mazkur terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘iziston o‘z fuqarosi Peterburgdagi portlash ijrochisi sifatida gumonlanayotganiga izoh bermadi