16:02 / 04.04.2017
8 160

Peterburg terakti ijrochiligida gumon qilinayotgan Akbarjon Jalilovning suratlari e’lon qilindi

Peterburg terakti ijrochiligida gumon qilinayotgan Akbarjon Jalilovning suratlari e’lon qilindi
Ijtimoiy tarmoqlarda Sankt-Peterburg metrosidagi portlash ijrochiligidagi asosiy gumondor suratlari tarqatildi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Ushbu suratlar Qirg‘izistonning O‘sh shahridan bo‘lgan 22 yoshli Akbarjon Jalilovga tegishlidir.

Bundan oldinroq Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi mamlakat fuqarosi Akbarjon Jalilov Peterburgdagi terakt ijrochiligidagi asosiy gumondor ekanini ma’lum qilgandi.

Milliy aksilterrorchilik qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, terakt oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan. FVV Sankt-Peterburg boshqarmasining yangilangan ma’lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida 51 kishi jabrlangan.



arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Peterburg terakti ijrochiligida gumon qilinayotgan Akbarjon Jalilovning suratlari e’lon qilindi