18:46 / 04.04.2017
8 095

Tergov qo‘mitasi Jalilov Peterburgdagi portlash ijrochisi ekanini tasdiqladi

Tergov qo‘mitasi Jalilov Peterburgdagi portlash ijrochisi ekanini tasdiqladi
Rossiya Tergov qo‘mitasi rasman ma’lum qildiki, Sankt-Peterburg metrosidagi terakt ijrochisi Akbarjon Jalilovdir.

«Tergovda Sankt-Peterburg metrosidagi vagonda o‘zini portlatgan terrorchi shaxsini aniqladi. U 01.04.1995 sanada tug‘ilgan Akbarjon Jalilov bo‘lib chiqdi», — deyilgan qo‘mita tarqatgan press-relizda.

Qo‘mita ma’lumotida «Ploщad Vosstaniya» bekatida aniqlangan va zararsizlantirilgan bomba ham Jalilov tomonidan qoldirib ketilgani tasdiqlangan, deb yozadi Kun.uz nashri.

«Ekspert-kriminalistlar «Ploщad Vosstaniya» bekatida topilgan va ichida portlovchi qurilma bo‘lgan sumkada Jalilovning barmoq izlari borligini aniqladi», — deyilgan ma’lumotnomada.

3 aprel kuni Sankt-Peterburg metrosining «Texnologiya instituti» bekatiga «Sennaya ploщad» bekatidan kirib kelgan poezdda portlash sodir bo‘ldi. Yana bir bomba «Ploщad Vosstaniya» bekatiga o‘rnatilgandi. Portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 14 nafarni tashkil qildi, 49 kishi jarohatlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tergov qo‘mitasi Jalilov Peterburgdagi portlash ijrochisi ekanini tasdiqladi