12:00 / 06.04.2017
6 371

Bashar Asad oilasining Ispaniyadagi 500 dan ortiq ko‘chmas mulklarida tekshiruvlar boshlandi

Bashar Asad oilasining Ispaniyadagi 500 dan ortiq ko‘chmas mulklarida tekshiruvlar boshlandi
Ispaniya polisiyasi mamlakat janubida Bashar Asadning qarindoshlari egalik qilayotgan mulklarni taftish qilmoqda, deya xabar beradi Guardian nashriga tayanib yozadi "Sof.uz" nashri.

Polisiya Puerto Banusdagi Asadlar oilasiga qarashli ekanligi aytilayotgan hashamatli villa va dam olish maskanlarida reydlar o‘tkazgan. Mazkur amaliyotlar Suriya prezidentining amakisi Rif’at Asadga qarshi Fransiyada ochilgan korrupsiya bilan bog‘liq jinoiy ishni taftish qilish jarayonining bir qismi hisoblanadi.

Ispaniya huquq-tartibot idoralari Suriyaning jamoat fondlaridagi pullardan noto‘g‘ri maqsadlarda foydalanish va pul yuvish bo‘yicha gumon qilinayotgan jinoiy ishni ochishda Fransiya bilan hamkorlik qilmoqda. 79 yoshli Rif’at Asad o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni rad etgan. Asad oilasi e’lon qilgan yozma bayonotda prezidentning amakisi «Suriya davlati va xalqiga zarar etkazadigan hech qanday moliyaviy yordamdan foydalanmagani» aytilgan.

Ispaniyada ochilgan jinoiy ish hujjatlarida Rif’at Asad va uning oilasi mamlakat bo‘ylab jami 503 ta ko‘chmas mulk, jumladan, hashamatli saroylar va qimmatbaho mehmonxona villalariga egalik qilishi qayd qilingan. Ularning qariyb hammasi Marbella kurort hududi atroflarida joylashgan. Benahavisda joylashgan La Makvina villasining o‘zi 60 million evroga baholangan.

Sud jinoiy ish bo‘yicha 16 kishining bank hisoblari, shuningdek, jinoyatga aloqadorligi gumon qilingan yana 76 ta bank hisoblarini muzlatib qo‘yishga qaror qilgan. O‘tgan yilning iyun oyida e’lon qilingan aybnomada Rif’at Asad nomida Fransiya bo‘ylab 90 million evrolik ko‘chmas mulklar mavjudligi qayd etilgan edi.

Rif’at Asad avvalroq mazkur mulklar o‘tgan asrning 80 yillarida Saudiya qirollik oilasi tomonidan sovg‘a qilinganini aytgan. Oktyabr oyidagi tergovda Suriya prezidentining amakisi mazkur tuhfalar Saudiyaning sobiq rahbarlari Qirol Fahd va Qirol Abdulloh ibn Abdulazizlar tomonidan tortiq qilinganini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bashar Asad oilasining Ispaniyadagi 500 dan ortiq ko‘chmas mulklarida tekshiruvlar boshlandi