15:51 / 06.04.2017
6 322

Sankt-Peterburgdagi ko‘p qavatli uyda portlovchi qurilma topildi

Sankt-Peterburgdagi ko‘p qavatli uyda portlovchi qurilma topildi va zararsizlantirildi. Bu haqda shaharning Nevskiy tumani ma’muriyati rahbari Konstantin Serov ma’lum qildi, deya xabar beradi «Vedomosti»ga tayanib "Daryo.uz" nashri.
Sankt-Peterburgdagi ko‘p qavatli uyda portlovchi qurilma topildi
«Odamlarni uyga kiritishga ruxsat berildi. 7-qavatga qadar barchasi ko‘rib chiqildi. 8—9-qavatlarda hali tergovchilar ishlamoqda», — deya ta’kidladi Konstantin Serov.

6 aprel, payshanba kuni Federal xavfsizlik xizmati (FXX) xodimlari mahalliy vaqt bilan soat 5 atrofida shaharning «Tovarisheskiy» shohko‘chasidagi uyda portlash xavfini tug‘dirishi mumkin bo‘lgan buyumni aniqladi. Shundan so‘ng uyda yashovchilar evakuasiya qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sankt-Peterburgdagi ko‘p qavatli uyda portlovchi qurilma topildi