Peterburg terakti ijrochisi Akbarjon Jalilov Suriyada IShID jangarilari safida harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda «Fontanka.ru»ga asoslanib Kun.uz xabar berdi.
Federal xavfsizlik xizmatidagi manbaning ma’lum qilishicha, 2014 yili Jalilov Turkiyadan Rossiyaga kirgani aniqlangan.
«U Suriyada bo‘lgani, IShID nazorati ostidagi hududda harbiy tayyorgarlikdan o‘tgani haqida ishonchli axborot mavjud», — deyilgan saytida.
Uning IShID bilan aloqadorligini u tayyorlagan bomba ham isbotlab turgani aytilgan. Ya’ni, bombada asosan Suriyadagi jangarilar ishlatadigan qizdirilgan shakar moddasidan foydalanilgan.
Rossiya maxsus xizmatlari Jalilovning chet elga sayohatlari marshrutlarini o‘rganmoqda.
Bundan oldinroq Tergov qo‘mitasi Jalilovning sheriklari qo‘lga olingani haqida xabar bergandi. Hozircha ularning shaxsi ma’lum qilinmagan.
Shuningdek, bugun Federal xavfsizlik xizmati (FXX) xodimlari mahalliy vaqt bilan soat 5 atrofida Sankt-Peterburgning «Tovarisheskiy» shohko‘chasidagi uyda portlash xavfini tug‘dirishi mumkin bo‘lgan buyumni aniqladi. Shundan so‘ng uyda yashovchilar evakuasiya qilindi va portlovchi qurilma zararsizlantirildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi