20:38 / 06.04.2017
5 998

Xitoy: “Evropa ittifoqining mamlakat po‘latiga nisbatan kiritgan yangi bojlariga javob qaytariladi”

Xitoy: “Evropa ittifoqining mamlakat po‘latiga nisbatan kiritgan yangi bojlariga javob qaytariladi”
Xitoy Evropa ittifoqi ushbu mamlakat po‘latiga nisbatan yangi dempingga qarshi bojlar (qo‘shimcha import boji) kiritganidan so‘ng, o‘z ishlab chiqaruvchilari manfaatini himoya qilish maqsadida javob choralarini qabul qiladi. Bu haqda Xitoy tijorat vazirligining savdo himoyasi va surishtiruvlari departamenti direktori Van Xeszyun ma’lum qildi, deb yozadi "Kun.uz" nashri.

Avvalroq Evropa komissiyasi EI Xitoydan yangi quyilgan po‘lat importi uchun demping (chet el bozorlarida molni arzon sotish)ga qarshi bojlarni kiritgani haqida xabar berdi. XXR kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun turli bojlar kiritilgan: 18,1 foizdan 35,9 foizgacha. Ular besh yil amalda bo‘ladi va juma kunidan kuchga kiradi.

"Xitoy xitoylik ishlab chiqaruvchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun tegishli choralarni qabul qiladi", - deya aytib o‘tdi Van Xeszyun. Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy EI bilan aloqalarni mustahkamlash, ayni damda po‘lat quyish sanoati to‘qnash kelayotgan muammolarni hal qilish niyatida.

Uning ma’lum qilishicha, Evropa ittifoqi adolatsiz va bema’ni usullarni qo‘llashda davom etmoqda, bu esa Xitoy korxonalari manfaatiga jiddiy zarar keltirmoqda. Van Xeszyunning ta’kidlashicha, Xitoy Evropa ittifoqidan “xato harakatlarni tezroq tuzatishi” kutmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy: “Evropa ittifoqining mamlakat po‘latiga nisbatan kiritgan yangi bojlariga javob qaytariladi”