Rossiya prezidenti Vladimir Putin Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan telefon muloqoti vaqtida Idlib voqeasini gaplashdi. Kreml matbuot xizmati xabariga ko‘ra, u muloqot chog‘ida tekshiruvlar yakunlanmaguniga qadar qaysidir tomonni kimyoviy qurol qo‘llashda ayblamaslik kerakligini qayd etgan, deb yozadi "Kun.uz" nashri.
"Suriyaning Idlib viloyatida 4 aprel kuni ro‘y bergan hodisa bo‘yicha fikrlar almashildi. Vladimir Putin xalqaro miqyosda jiddiy tekshiruvlar o‘tkazilib, natijalar olinmagunicha, qaysidir tomonni kimyoviy qurol qo‘llashda ayblamaslik kerakligini qayd etib o‘tdi", deyilgan xabarda.
4 aprel kuni Londonda joylashgan Suriya inson huquqlari monitoringi markazi Xan-Shayxunga zaharli gaz to‘ldirilgani taxmin qilingan bombalar tashlangani, buning oqibatida kamida 100 kishi, shu jumladan o‘nlab nafar bola ham halok bo‘lgani haqida xabar qilgan edi. Shuningdek, 500 kishi zaharlangan holda shifoxonaga yotqizilgan.
Muxolifat ushbu hujum Suriya hukumati tomonidan sodir etilganini iddao qildi. Bashar Asada hukumati esa ayblovlarni rad etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi