11:07 / 07.04.2017
6 798

AQSh zaharli gaz fojiasiga javoban Suriya bazasini bombardimon qildi

AQSh zaharli gaz fojiasiga javoban Suriya bazasini bombardimon qildi
AQSh Prezidenti Donald Tramp buyrug‘iga asosan, AQSh harbiy kemalari Suriya hukumati aviabazasiga 50-60ta Tomoxavk raketalarini uchirib, o‘qqa tutdi. Bu haqda CNN nashriga tayanib "Qalampir.uz" xabar berdi.

AQSh rasmiylarining aytishicha, mazkur aviabazada shu hafta boshida Suriya fuqarolari ustiga zaharli gaz yog‘dirgan harbiy raketalar joylashgan. Trampning ta’kidlashicha, bu usul halokatli zaharli gaz tarqatuvchi qurolga qarshi AQShning milliy xavfsizlik choralari bo‘lib, ushbu qurol keng miqyosda tarqalishining oldini olish maqsadida aviabaza bombardimon qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 4 aprel kuni ertalab Suriyaning Idlib provinsiyasida havo orqali zaharli gaz tarqatilishi oqibatda yuzlab mahalliy aholi, jumladan, yosh bolalar va ayollar ham hayotdan ko‘z yumdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh zaharli gaz fojiasiga javoban Suriya bazasini bombardimon qildi