Merkel va Olland Suriyadagi vaziyat uchun Asadni ayblashdi

  • 07 aprel 2017, 16:32
  • 3 962
  • Dunyo
  •  

    Germaniya kansleri Angela Merkel va Fransiya prezidenti Fransua Olland Suriyada yuzaga kelgan vaziyat uchun mas’uliyatni mamlakat prezidenti Bashar Asad zimmasiga yukladi, deb yozadi Kun.uz nashri.

    «Prezident Asad voqealarning bu tariqa rivoji uchun yagona aybdor. Kimyoviy qurol qo‘llanishi va uning o‘z mamlakati aholisiga qarshi jinoyatlar sodir etishi Suriyaga nisbatan yangidan-yangi sanksiyalar qo‘llashga zarurat tug‘diradi. Fransiya va Germaniya 2013 yili Gutedagi fojiadan keyin ham shunday yo‘l tutgandi», — deyilgan ushbu siyosatchilarning qo‘shma bayonotida.

    Bundan oldinroq Rossiya Suriyaga raketa zarbalari berilishi ortidan BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda majlisini chaqirishni so‘ragandi.

    7 aprelga o‘tar kechasi AQSh Xoms provinsiyasidagi Suriya HHK aerodromiga zarba berdi. Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, aviabaza hududiga qarata 59 ta Tomahawk qanotli raketasi uchirilgan.

    Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu hujum oqibatida 7 kishi halok bo‘lgan, 7 kishi jarohatlangan va 7ta samolyot yo‘q qilindi.


    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Merkel va Olland Suriyadagi vaziyat uchun Asadni ayblashdi