Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 7 aprel, juma kuni LDPR raisi Vladimir Jirinovskiyga o‘ziga xos ko‘krak nishoni hamda «Xalqning faxriy oqsoqoli» unvoni berilganligi to‘g‘risida guvohnoma topshirdi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agenligiga tayanib, «Interfaks»ga asoslanib "Daryo.uz" xabar qildi.
Jirinovskiyga turkmanlarning milliy to‘ni, telpagi hamda belbog‘ini sovg‘a qilishdi. Marosim Turkmanistonga kelgan Rossiya delegasiyasi a’zolari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Jirinovskiy Turkmanistonda ko‘rganlaridan «ruhlangani va zavq olganini» aytdi.
Shuningdek, LDPR raisi «avloddan avlodga o‘tib keladigan va milliy mentalitet asosiga aylangan ajoyib dono an’analarini merosxo‘ri hamda davomchisi» sifatida turkman xalqiga nisbatan doimo moyillik tuyganligi haqida so‘zladi.
Jirinovskiy Turkmanistonga respublika parlamenti raisi Akji Nurberdiev taklifiga binoan borgan. LDPR raisi 7 aprel, juma kuni ochilgan «Osiyo o‘yinlari—2017: tinchlik va taraqqiyot uchun xalqaro sport hamkorligi» xalqaro sport kongressida ishtirok etishni rejalashtirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!