10:10 / 08.04.2017
6 286

OAV: Stokgolmda teraktni amalga oshirgan odam – O‘zbekiston fuqarosi


Shvesiya poytaxti Stokgolm markazida yuk mashinasi odamlar ustiga bostirib kelgan edi.

Gumondor shaxs polisiya tomonidan qo‘lga olingan va u o‘z aybini tan olgan.

Yuk mashinasini aholiga qarata haydagan bu odam O‘zbekiston fuqarosi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Aftonbladet o‘zining manbasiga asoslanib xabar bermoqda, deb yozadi "Qalampir.uz" nashri.

Bu xabar hali rasman tasdiqlanmagan.

Nashr xodimlari qo‘lga olingan shaxsning tanishi bilan suhbatlashgan. Uning ta’kidlashicha, bu erkak 39 yoshda. Uning ismi ma’lum qilinmagan. Shvesiyada qachondan buyon yashayotgani ham aniq emas. U qurilish sohasida ishlaydi, 4 farzandi bor. Tanish ayolning so‘zlariga ko‘ra, bu erkak hujum uyushtirishi mumkin emas.

“U siyosatni ham, dinni ham muhokama qilmagan. Faqatgina ko‘proq ishlab, oilasiga pul jo‘natishi haqida gapirar edi, xolos”, deydi ayol.

Aftonbladet hozir polisiya tomonidan ushlangan odamning Facebook’dagi sahifasidan “Islom davlati” degan (terroristik tashkilotga tegishli deb tan olingan va Rossiyada taqiqlangan) tashviqot filmini topgan. Shuningdek, 2013 yilda Boston marafonida yuz bergan portlash suratiga “Menga yoqadi” belgisini qo‘ygan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » OAV: Stokgolmda teraktni amalga oshirgan odam – O‘zbekiston fuqarosi