12:00 / 08.04.2017
6 856

"Soyuz-MS" kemasi ekipajining qo‘nishini 200 ga yaqin qutqaruvchi ta’minlaydi


"Soyuz-MS" kemasi ekipajining Qozog‘istonga qo‘nishini 200 ga yaqin qutqaruvchi ta’minlaydi. Qo‘nish 10 aprelga rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Sverdlovsk va Chelyabinsk viloyatlaridan fazogirlarning qo‘nish joyiga harbiy aviasiya va qidiruv-evakuasiya amfibiyalari etkazilgan. Jumladan, gap 14 ta Mi-8 vertolyoti, 3 ta An-26 va 2 ta An-12 samolyoti, 20 ta avtotexnika vositasining jalb qilinishi haqida bormoqda, deb xabar berdi "Interfaks" axborot agentligiga tayanib "Kun.uz" nashri.

"Soyuz-MS-02" boshqariluvchi kapsulasi ekipaji Jezqazg‘an shahridan janubroqqa qo‘nishi kutilmoqda. Erga Xalqaro koinot stansiyasidan uch fazogir – kema sardori Sergey Rыjikov, bortmuhandis Andrey Borisenko va NASA fazogiri Robert Sheyn Kimbrou qaytadilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » "Soyuz-MS" kemasi ekipajining qo‘nishini 200 ga yaqin qutqaruvchi ta’minlaydi