Bokuda Ozarbayjon muxolifati korrupsiyaga qarshi namoyishlar boshladi

  • 08 aprel 2017, 19:35
  • 4 112
  • Dunyo
  • Bokuda muxolifatdagi Ozarbayjon demokratik kuchlar milliy kengashining korrupsiyaga qarshi va siyosiy mahbuslarni ozod qilish talab etilgan mitingi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda «RIA Novosti» ma’lum qildi, deb yozadi "Daryo.uz" nashri.

    Oldinroq kengash Boku rasmiylariga 9 aprel, yakshanba kuni miting o‘tkazish uchun ruxsat berishni so‘rab, murojaat qilgan edi. Biroq rasmiylar mitingni 8 aprel, shanba kuni o‘tkazishni taklif etdi va bu muxolifatchilar tomonidan qabul qilindi.

    Poytaxtning «Mahsul» stadionida bo‘lib o‘tayotgan mitingda «Yo‘qolsin korrupsiya!» va «Siyosiy mahbuslarga ozodlik!» kabi shiorlar yangramoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Bokuda Ozarbayjon muxolifati korrupsiyaga qarshi namoyishlar boshladi