20:45 / 08.04.2017
6 529

Germaniya qurolli kuchlari AQShning Suriyaga zarbalar berishida ishtirok etmaydi

Germaniya qurolli kuchlari AQShning Suriyaga zarbalar berishida ishtirok etmaydi
Germaniya qurolli kuchlari (Bundesver) AQShning Suriya hukumat qo‘shinlari pozisiyalariga yangi zarbalar berishida ishtirok etmaydi. Bu haqda Germaniya mudofaa vaziri Ursula fon der Lyayen SWR radiostansiyasi efirida ma’lum qildi, deb yozadi "Kun.uz" nashri.

Fon der Lyayenning aytishicha, Bundesver oldiga G‘arb koalisiyasining IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurashi davomida razvedka olib borish vazifasi qo‘yilgan. "Men ta’kidlab o‘tmoqchiman, IShIDga qarshi kurash doirasida. Bu mutlaq oydin vazifa va biz uning doirasida harakat qilamiz", deb aytgan fon der Lyayen.

Vazirning aytishicha, bu vazifa Suriyada kimyoviy qurol qo‘llanishi masalasi va Bashar Asad faoliyatiga aloqasi yo‘q.

IShIDga qarshi G‘arb koalisiyasi operasiyasida nemis harbiy mutaxassislari NATOning AWACS radiolokasion razvedka samolyotlari ekipajini shakllantirish bilan mashg‘ullar. Berlin, shuningdek, Turkiyadagi Injirlik bazasida joylashtirilgan 6 ta "Tornado" razvedkachi samolyoti bilan ko‘mak ko‘rsatadi. Bundan tashqari, Bundesver instruktorlari iroqlik kurdlarni o‘qitadilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniya qurolli kuchlari AQShning Suriyaga zarbalar berishida ishtirok etmaydi