Tillerson Moskvaga keladi, Jonson esa yo‘q

  • 08 aprel 2017, 21:00
  • 4 184
  • Dunyo

  • AQSh davlat kotibi Reks Tillerson kelasi haftada, avval rejalashtirilganidek, Moskvaga keladi. Bu haqda Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligi bayonotida ma’lum qilingan. Biroq, ushbu mahkama rahbari Boris Jonson Rossiyaga safarini bekor qildi, deb yozadi "Kun.uz" nashri.

    "Men davlat kotibi Tillerson bilan ushbu rejalarni batafsil muhokama qildim. U, avval rejalashtirganidek, Moskvaga boradi. G20 davlat rahbarlarining uchrashuvidan so‘ng esa, biz ruslarga o‘zimizning aniq va muvofiqlashtirilgan qarashimizni taqdim etamiz", - deya Jonson so‘zlari keltiriladi kommyunikeda.

    AQSh davlat kotibi 11-12 aprel kunlari Moskvaga keladi. Amerika qurolli kuchlarining prezident Tramp buyrug‘i asosida Suriyaning Xoms viloyatidagi harbiy aerodromga zarba berganiga qaramay, mazkur uchrashuv tashkil etiladi.

    Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson bu tashrifdan bir kun avval 10 aprelda Moskvaga kelishi belgilangan edi. Biroq, Birlashgan Qirollik tashqi siyosat mahkamasi rahbari Suriyadagi vaziyat o‘zgargani sababli Rossiyaga safarini bekor qilishga qaror qildi.

    "Tashqi ishlar vaziri Boris Jonson 10 aprel kuni moskvaga bormaslikka qaror qildi", - deyiladi xabarda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Tillerson Moskvaga keladi, Jonson esa yo‘q