21:30 / 08.04.2017
6 900

Si Szinpin va Donald Tramp Suriyani muhokama qilishdi


Xitoy xalq respublikasi raisi Si Szinpin va AQSh prezidenti Donald Tramp avvalroq bo‘lib o‘tgan o‘zaro uchrashuvlari davomida Suriyani muhokama qilishgan, deb xabar berdi XXR TIV rasmiy vakili Lu Kan, deb yozadi "Kun.uz" nashri.

"Uchrashuv davomida ikki davlat etakchilari bu masalani ham (Suriya) muhokama qilishdi. XXR raisi Si Szinpin Xitoyning doimiy pozisiyasini tushuntirib berdi, unga ko‘ra, mamlakat kimyoviy qurolni qo‘llashga qarshi chiqadi. Uning ta’kidlashicha, ayni damda vaziyat yanada yomonlashishiga yo‘l qo‘ymaslik birinchi galdagi vazifa sanaladi", - deya Lu Kanning so‘zlarini keltiradi Xitoy tashqi siyosat idorasi.

Eslatib o‘tamiz, AQSh juma kuni Suriyaning Xoms viloyatidagi Shayrot aerodromiga qanotli raketalar bilan zarba berdi. Qo‘shma Shtatlar hukumati Idlib viloyatidagi kimyoviy hujum aynan shu erdan amalga oshirilgan, degan fikrda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Si Szinpin va Donald Tramp Suriyani muhokama qilishdi