Peterburg terakti gumondori Akbar Jalilov aslida qanday odam edi?

  • 08 aprel 2017, 22:15
  • 5 207
  • Dunyo

  • Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi metroda sodir bo‘lgan terakt natijasida 14 kishi qurbon bo‘lgan edi. Ularning orasida Akbarjon Jalilov polisiya tomonidan xudkush terrorchi deb taxmin qilindi, deb yozadi "Qalampir.uz" nashri.

    Akbar Jalilov aslida qanday odam edi? Nahotki, uning salbiy oqimlarga qo‘shilib qolganini yaqinlari sezmagan bo‘lsa? Bu kabi savollar metroda yuz bergan portlashga befarq bo‘lmagan insonlarni qiziqtirgan bo‘lsa, ajab emas.

    RBK nashri Akbarning ukasi 17 yoshli Ahror Jalilov bilan suhbatlashdi. Uning ma’lum qilishicha, 22 yoshli akasi 2011 yildan boshlab Rossiyada ishlayotgan bo‘lgan. 2017 yil fevral oyida uyiga, O‘shga kelgan.

    Bu ma’lumotni RBKning IIVdagi manbasi ham tasdiqladi.

    Akbarjonning uyi O‘n Adir kichik tumanida joylashgan. U erda qadimdan o‘zbek millatiga mansub aholi yashaydi. Jalilov bu uyga 2009 yilda ko‘chib kelgan.

    “Akbar namoz o‘qimagan, hech qachon juma namoziga chiqmagan. Fevralda kelganida ham uning xatti-harakatlarida hech qanday o‘zgarish sezmadim”, deb ishonch bildirdi Ahror.

    Shuningdek, Akbarning xolalari Surayyo va Erkinoy hamda o‘qituvchisi Fotima Qodirjonovalar ham uning dinga aloqasi yo‘qligini tasdiqlashdi. Uyidan ham, kompyuteridan ham bunga oid materiallar va adabiyotlar topilmagan. O‘qituvchisi uni sinfdagi eng bosiq o‘quvchi deb ta’rifladi. U ham, Jalilovning qarindoshlari ham uning bomba yasaganiga ishonishmayapti.

    2011 yilda Akbar Peterburgga kelib, avtomobil xizmatlari shoxobchasiga ishga joyshlashadi. Shu yili otasi unga 16 yoshga to‘lgani uchun fuqarolikni rasmiylashtirish uchun Rossiyaga keladi va o‘g‘liga yordam beradi.

    Akbar har yil ishidan mehnat ta’tili olib, uyiga kelib turgan. Yaqinlari bilan telefon orqali muntazam aloqa qilgan. Biroq 2015 va 2016 yillarda bu an’anani buzgan. Ukasi bu haqda shunday dedi: “Joriy yil fevralida kelganida men undan “Shuncha vaqt qayerda eding?” deb so‘radim. Akbar Rossiya armiyasida xizmat qilganini aytdi”.

    Biroq qarindoshlaridan uning armiyada xizmat qilgani tasvirlangan rasm ham, qaysi qismda xizmatni o‘tagani haqida ma’lumot ham yo‘q.

    Ukasining so‘zlariga ko‘ra, Akbar bu yil otasining uyida qurilish qilishni va uyiga butunlay qaytib, uylanishni rejalashtirgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Peterburg terakti gumondori Akbar Jalilov aslida qanday odam edi?