23:30 / 08.04.2017
6 716

AQShning raketa zarbalariga uchragan Suriya aviabazasi odatdagi tartibda ishlamoqda


Suriyadagi Shayrat aerodromidan jangovar samolyotlar uchirilishi qayta yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda, Reuters manbalariga tayanib, «Gazeta.ru»ga asoslanib "Daryo.uz" xabar bermoqda.

Mazkur aerodromdan Suriya qurolli muxolifati kuchlariga aviazarbalar berishda foydalaniladi.

Aerodromga AQSh tomonidan raketa zarbalari berilganidan keyin etkazilgan zarar miqdorini baholash hozircha amalga oshirilmagani bildirilmoqda.

7 aprelga o‘tar kechasi AQSh harbiy-dengiz kuchlarining O‘rtaer dengizidagi ikki kemasi — USS Porter va USS Ross esmineslaridan Suriyaning Xoms viloyatidagi Shayrat aerodromi tomon 59 ta «Tomagavk» qanoti raketalari uchirildi.

Amerika razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Suriya rahbariyati aynan shu aerodromdan kimyoviy quroldan foydalangan holda hujumlar tashkil etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShning raketa zarbalariga uchragan Suriya aviabazasi odatdagi tartibda ishlamoqda