5 860
AQShning BMTdagi doimiy vakili: zarur bo‘lsa, Tramp Suriyaga bitta zarba bilan cheklanmaydi
AQSh prezidenti Donald Tramp zarur bo‘lsa, Suriyadagi harbiy aerodromga bitta zarba bilan cheklanmaydi, ammo kelgusi qadamlarini qolgan tomonlarning respublikada bo‘layotgan hodisalarga qanday munosabat bildirishiga qarab mutanosiblashtiradi. Bu haqda AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli CNN telekompaniyasiga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi «TASS»ga tayanib "Daryo.uz" nashri.
«Agar ko‘proq narsa talab etilsa, u buni qiladi», — dedi amerikalik diplomat. «Hozir hammasi haqiqatan ham hamma Suriyadagi hodisaga qanday munosabat bildirishiga bog‘liq», — deya davom ettirdi u.
Doimiy vakil, shuningdek, AQSh Suriya prezidenti Bashar Asadni hokimiyatdan chetlashtirish borasida ko‘plab birlamchi vazifalarga ega ekanligini ma’lum qildi: «Birlamchi vazifalar ko‘p. Asadning ketishi yagona vazifa emas. Biz, shuningdek, IShIDni er bilan yakson qilishga ham intilmoqdamiz».
«Ikkinchidan, biz hokimiyat Asad qo‘lida qolsa, Suriyada tinchlikka erishish mumkin, deb o‘ylamaymiz. Uchinchidan, Eronning ta’sirini bartaraf etish va yakunda siyosiy tartibga solish tomonga harakatlanish kerak», — dedi Xeyli. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi