12:40 / 09.04.2017
6 605

Manba: Jalilov Turkiya va Suriyada bo‘lgan

Manba: Jalilov Turkiya va Suriyada bo‘lgan
Rossiya Tergov qo‘mitasi tomonidan Sankt-Peterburg metrosida sodir etilgan portlashda asosiy gumondor sifatida qaralayotgan Akbarjon Jalilov 2015 yilning noyabrida Turkiyaga borgan. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Manbaning ta’kidlashicha, u Turkiyadan Suriyaga ham o‘tgan. 2014 yilda Jalilov radikal guruhlarga aralasha boshlagani aytilgan.

Akbarjon Jalilov Turkiyaga borganida hamkasblariga bu erda yaxshi ish topishi mumkinligi haqida aytgan. Jalilov Antaliyada yashaydigan amakisi Hasan Qo‘chqorovning yoniga borgan.

Qo‘chqorov Reuters muxbiriga ma’lum qilishicha, jiyani Turkiyaga kelishidan oldinroq, 2015 yilning sentyabrida u erdan ketgandi. Rossiya FXX hozircha Jalilovning safarlari marshrutini aniqlay olmayapti.

7 aprel kuni Sankt-Peterburg va Moskvada terrorchilik harakatiga aloqadorlikda gumon qilingan 8 kishi qo‘lga olingandi. Tergov qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan bu shaxslar kafelarda ishlagan va teraktga tayyorgarlik ko‘rgan. Sudda ma’lum qilinishicha, Jalilov o‘zini portlatishdan oldin bir necha qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirgan va shu orqali boshqa gumondorlar aniqlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Manba: Jalilov Turkiya va Suriyada bo‘lgan