19:00 / 09.04.2017
6 735

Hindistonlik teleboshlovchi jonli efirda o‘z turmush o‘rtog‘ining o‘limi haqidagi yangilikni o‘qidi

Hindistonlik teleboshlovchi jonli efirda o‘z turmush o‘rtog‘ining o‘limi haqidagi yangilikni o‘qidi
Hindistondagi IBC24 telekanali suxandoni Suprit Kaur o‘z turmush o‘rtog‘i o‘limiga sababchi bo‘lgan YTH haqidagi yangilikni o‘qidi. Bu haqda The Times of India nashriga tayanib "Kun.uz" xabar tarqatdi.

U yangiliklarni o‘qiyotganida lentada 3 kishining o‘limiga sabab bo‘lib, 2 kishi jarohatlangan yo‘l transport hodisasi haqida ma’lumot kelib tushadi. Kanal muxbiri voqea joyidan xabar bergandi.

Nashrning yozishicha, boshlovchi bu o‘z turmush o‘rtog‘i safarga yo‘l olgan avtomobil ekanini anglaydi, lekin o‘zini tutib turadi va ishini oxiriga qadar davom ettiradi.

Efir tugagach, Kaur studiyadan chiqadi va muxbirga telefon qilgan va o‘z turmush o‘rtog‘ining vafot etgani haqida aniq ma’lumot olgan. Shundan so‘ng u o‘zini yo‘qotgan.

"Bu har qanday inson uchun dahshatli hodisa. Ammo Suprit o‘zini tuta oldi va ishiga sodiqligini ko‘rsatdi. Biz u bilan faxrlanamiz", — degan kanal xodimlaridan biri.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonlik teleboshlovchi jonli efirda o‘z turmush o‘rtog‘ining o‘limi haqidagi yangilikni o‘qidi