18:22 / 10.04.2017
7 223

Britaniya «katta ettilik» a’zolari bilan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishni muhokama qiladi

Britaniya «katta ettilik» a’zolari bilan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishni muhokama qiladi
Britaniya TIV rahbari Boris Jonson Bashar Asad rejimini qo‘llab-quvvatlagani uchun Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishga erishishni rejalashtirmoqda. Mansabdor sanksiya choralarini «katta ettilik» mamlakatlari vakillari bilan muhokama qiladi. Bu haqda The Times nashri ma’lum qildi, deb yozadi TJournalga asoslanib "Daryo.uz" nashri.
Nashrning ma’lum qilishicha, Buyuk Britaniya Rossiya Asadga nisbatan o‘z munosabatini o‘zgartirmasa, yangi sanksiyalar joriy etilishiga erishish uchun harakat qiladi.

Yangi choralar mansabdorlar hayotini «qiyinlashtirishi» lozim. Hujjat Italiyaning Lukka shahrida 10—11 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan «katta ettilik» uchrashuvida muhokama etiladi.

Nashr manbasining ma’lum qilishicha, Asad tarafdorlari Suriyadagi tinch aholiga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganligi tufayli Jonson sanksiyalarni muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniya «katta ettilik» a’zolari bilan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishni muhokama qiladi