12:07 / 11.04.2017
10 114

Janubiy Qozog‘istonda 350 nafar o‘smir qizning homilador ekanligi aniqlandi

Janubiy Qozog‘istonda 350 nafar o‘smir qizning homilador ekanligi aniqlandi
Janubiy Qozog‘istonda 350 nafar o‘smir qiz homiladorlik bo‘yicha ro‘yxatda turadi. Bu haqda mamlakat prezidenti huzuridagi Ayollar va oila demografiyasi siyosati bo‘yicha milliy komissiya a’zosi Beksulton Tutkushevning ma’lumoti asosida «Vlast» internet-jurnaliga asoslanib "Sof.uz" xabar beradi.

Tutkushev voyaga etmaganlar o‘rtasidagi muammolar oiladan kelib chiqishini ta’kidladi. U ota-onalarga bolalarini e’tiborli bo‘lib kuzatishni, ularga tarbiya berishni va ko‘proq suhbatlashib turishni tavsiya qildi.

Qozog‘istonda 15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar orasida barvaqt homilador bo‘lish, tug‘ish va abortlar soni ko‘payganligi qayd etilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Janubiy Qozog‘istonda 350 nafar o‘smir qizning homilador ekanligi aniqlandi