Hindistonning Madxya-Pradesh shtatida kamdan-kam uchraydigan tug‘ma kasalligi bo‘lgan qiz dunyoga keldi. 5 aprel kuni tug‘ilgan qizaloqning yuragi tashqarida joylashgan. Bu haqda “Daily Star”ga tayanib "Qalampir.uz" xabar tarqatdi.
Qizaloqning ota-onasi ultra ovozli diagnostika (UZD) jarayonida go‘dakning salomatligi yaxshi emasligini bilishgan, ammo davolanish va nazoratda bo‘lib turish uchun etarlicha mablag‘lari bo‘lmagan.
Chaqaloq dunyoga kelgach, uning ota-onasi bunday muammo bo‘lishi mumkinligini kutmaganliklarini aytishgan. Shifokorlar go‘dakning yashab ketish ehtimolini 50 foiz deb baholashyapti.
Chaqaloq jarrohlik amaliyotini o‘tash uchun Dehlidagi shifoxonaga ko‘chirilgan. Yurak ektopiyasi, ya’ni bu organning boshqa joyda joylashishi juda kam hollarda uchraydi. Bunday xastalik bilan tug‘ilgan 90 foiz chaqaloqlar odatda hayotining ilk kunlaridanoq jon beradilar. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi