11:58 / 12.04.2017
6 185

Sankt-Peterburgdagi shifoxonada tish og‘rig‘iga haykal o‘rnatildi

Sankt-Peterburgdagi shifoxonada tish og‘rig‘iga haykal o‘rnatildi
Sankt-Peterburgda rassom Maryana Shumkova tomonidan tish og‘rig‘iga atab yasalgan haykali «Klinika dobrogo stomatologa» («Mehribon stomatolog shifoxonasi»)ga o‘rnatildi, deb yozmoqda Daryo nashri.

Xabarda qayd etilishicha, haykalda «Sog‘liq uchun tishlar» aksiyasi doirasida olib tashlangan 403 ta odam tishidan foydalanilgan.

Muallifning so‘zlariga ko‘ra, haykal atayin «odam yuzining deformasiyasi shakli»da qo‘rqinchli va realistik uslubda yasalgan.

Faqatgina kuchli emosional ta’sir odamga gigiena kabi oddiy narsa haqida o‘ylab ko‘rishga majbur qiladi.

Maryana Shumkova, rassom

Ta’kidlanishicha, haykalni turli ko‘rgazmalarga o‘rnatish haqida o‘ylab ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sankt-Peterburgdagi shifoxonada tish og‘rig‘iga haykal o‘rnatildi