13:14 / 14.04.2017
16 066

​Fohishalik bilan shug‘ullangan teleboshlovchi ishdan bo‘shatildi

​Fohishalik bilan shug‘ullangan teleboshlovchi ishdan bo‘shatildi
Bosniya va Gersogovinaning Pink telekanali boshlovchisi Senada Nurkich efirdan bo‘sh paytlarida mamlakatda rasman taqiqlangan fohishalik bilan shug‘ullanganligini tan oldi, deb yozmoqda Darakchi nashri.

Bosniya va Gersogovinaning Pink telekanali xodimi Senada Nurkichning efirdan bo‘sh paytlarda fohishalik bilan shug‘ullangani ma’lum bo‘lgach, uning atrofida janjal ko‘tarildi. Telekanal rahbariyati Senada Nurkich boshlovchilik qiladigan shou tomoshabinlar orasida mashhur bo‘lganiga qaramay, uni yopishga qaror qildi.

“Fohishalikning boshqa mehnat faoliyatidan farqi yo‘q. Yashash uchun shu tariqa pul topganimning yomon tarafi yo‘q”, deb izoh berdi Nurkich o‘z harakatiga.

Eslatib o‘tamiz, Bosniya va Gersegovinada fohishalik rasman taqiqlangan. Mamlakat qonunlariga binoan, fohishaxona saqlagan va fohishalik bilan shug‘ullangan odam 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » ​Fohishalik bilan shug‘ullangan teleboshlovchi ishdan bo‘shatildi