Ramzon Qodirovning katta qizi turmushga chiqdi

  • 14 aprel 2017, 18:38
  • 8 190
  • Dunyo
  • Ramzon Qodirovning katta qizi turmushga chiqdi
    Checheniston respublikasi prezidenti Ramzon Qodirovning to‘ng‘ich qizi Ayshat Qodirova turmushga chiqdi. Bu haqda Tatler jurnaliga tayanib Kun.uz yozmoqda.

    Nashrga ko‘ra, 18 yoshli kelinning kuyovi 19 yoshda. U "Qodirovning halok bo‘lgan sinfdoshi, do‘stining o‘g‘li".

    "Yoshlar to‘ydan ikki hafta avval tanishishgan. Ular Qodirov qarorgohidan 5 daqiqalik uzoqlikdagi uyda istiqomat qilishadi", — deyiladi maqolada.

    Umuman, respublika etakchisining 12 nafar farzandi bor.

    Ayshat Qodirova o‘zining ilk intervyusida aytishicha, u o‘zi hijob taqishni va Qur’onni yodlashni xohlagan.

    "Ro‘mol o‘rashga o‘zim qaror qilganman. Otam menga, shunday qilam o‘zini juda ham baxtiyor his qilishini aytdi va men o‘rashga qaror qildim. Men uchun ota-onamning xursandchiligi birinchi o‘rinda", — degan Ayshat.

    "Bundan tashqari Qur’oni Karimning so‘nggi surasini yodlab bo‘lgan kunimni va ota-onamga bu haqda aytganimni hech qachon unutmayman. Ularning xursandchilik ko‘z yoshlarini ko‘rish men uchun oliy baxtdir", — deya tan olgan Qodirova.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Ramzon Qodirovning katta qizi turmushga chiqdi