23:25 / 15.04.2017
6 866

Turkmaniston prezidenti Ostonaga tashrif buyuradi

Turkmaniston prezidenti Ostonaga tashrif buyuradi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov 18-19 aprel kunlari Qozog‘istonga davlat tashrifi uyushtiradi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi saytida ma’lum qilindi, deb yozadi Kun.uz.

"Yuqorilardagi uchrashuv do‘stona Turkmaniston-Qozog‘iston munosabatlari tarixiga muhim bobni kiritishga chorlangan", deyilgan xabarda.

Ma’lum qilinishicha, Berdimuxamedov Turkmanistonning Ostonada 10 iyundan 10 sentyabrgacha o‘tadigan "EKSPO-2017" xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etishi haqidagi qarorni imzolagan.

Qozog‘iston va Turkmaniston prezidentlarining Ostonada o‘tadigan muzokaralari davomida asosiy e’tibor savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish hamda mintaqada tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash masalalariga qaratiladi.

Nursulton Nazarboyev fevral oyida Berdimuxamedovni Turkmaniston prezidenti saylovlaridagi g‘alabasi bilan tabriklab, uni Qozog‘istonga kelishga taklif qilgandi. Berdimuxamedov taklifni qabul qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmaniston prezidenti Ostonaga tashrif buyuradi