AQShning Ohayo shtati Klivlend shahri polisiyasi Facebook ijtimoiy tarmog‘ida jonli efirda qotillik sodir etgan jinoyatchini qidirmoqda. Bu haqda shahar polisiya boshqarmasi vakillari xabariga tayanib Kun.uz yozmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Stiv Stivens nomli erkak qidirilmoqda. Polisiyaning ta’kidlashicha, u o‘zi sodir etgan "qotilligini Facebook Live orqali namoyish qilgan". O‘ldirilgan fuqaroning ismi oshkor qilinmagan.
Associated Press agentligiga ko‘ra, Stivens tomonidan Facebook sahifasiga joylangan qotillik videosi 3 soatlar o‘tgach, olib tashlangan.
Polisiyaning ma’lum qilishicha, jinoyatchi, shuningdek, ijtimoiy tarmoq orqali "ko‘plab qotilliklarni sodir etganini aytgan". Biroq, hozircha, bu tasdiqlanganicha yo‘q.
Mahalliy hukumat vakillari, gumondorning tashqi ko‘rinishlarini e’lon qilib, Stivens juda xavfli ekani, qurollangan bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.
Facebook kompaniya, o‘z navbatida, mazkur voqeaga izoh berdi. Facebook 16 aprel kuni tarqatilgan bayonotga ko‘ra, kompaniya ushbu voqelikni "dahshatli jinoyat", deb atagan.
"Bu dahshatli jinoyat va biz bu kabi lavhalarni Facebook tarmog‘ida joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaymiz", - degan ijtimoiy tarmoq vakillari. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?