Nyu-Yorklik santexnikachi lotereyada 136 mln dollar yutib oldi

  • 09 iyun 2015, 09:45
  • 6 386
  • Dunyo
  • Nyu-Yorklik santexnikachi lotereyada 136 mln dollar yutib oldi

    Nyu-Yorklik Perosi ismli santexnikachi lotereyada 136 mln dollar yutib oldi. Perosi bu yutuqli lotereya chiptasini mart oyi boshida sotib olgan edi, deb yozadi Kun.uz. Mart oyi o‘rtalarida baxtli chipta Perosi lotereya sotib olgan do‘kondan sotib olingani haqida gaplar tarqagan, biroq Perosi bunga ahamiyat bermagan. U unga o‘zining eski yuk mashinasini ta’mirlash uchun pul kerak bo‘lib qolgandagina aprel oyi boshida o‘z chiptasini tekshirib ko‘rishga qaror qilgan. Perosi 136 mln dollar yutib olganini tushungach, hayratdan yoqasini ushlab qoldi.

    Perosi o‘zining yutug‘ini o‘g‘li bilan baham ko‘rishga qaror qildi va unga yutuqning 30 foizini berdi. Perosi barcha soliqlarni to‘lagandan keyin qo‘liga 38 mln 612 ming 55 dollar oldi, uning o‘g‘liga esa 16 mln 548 ming 23 dollar tegdi.
    Perosi o‘zining yutug‘ini aql bilan sarflamoqchi: u yangi yuk mashinasi sotib olib, Nyu-York shtati bo‘ylab sayohat qilmoqchi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Nyu-Yorklik santexnikachi lotereyada 136 mln dollar yutib oldi