10:19 / 18.04.2017
5 497

AQShda harbiy vertolyotning qulashi oqibatida 1 kishi hayotdan ko‘z yumdi

AQShda harbiy vertolyotning qulashi oqibatida 1 kishi hayotdan ko‘z yumdi
AQShning Merilend shtatida UH-60 Black Hawk harbiy vertolyotining qulashi oqibatida ekipaj a’zolaridan biri halok bo‘ldi, yana 2 nafari og‘ir jarohat oldi. Bu haqda «TASS»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Xabarda qayd etilishicha, havo kemasi 17 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:37 (Toshkent vaqti bilan 22:37)da, o‘quv-mashg‘ulotlar paytida halokatga uchragan. Vertolyot Virjiniya shtatining Deyvison aerodromidan yo‘lga chiqib, Leonardtaun shahri (Merilend shtati)dagi gofl maydoniga quladi.

Vertolyot bortida uch kishi bo‘lgan. Halokatda omon qolganlardan biri og‘ir, ikkinchisi esa o‘ta og‘ir ahvolda ekani ta’kidlanmoqda. AQSh armiyasi hodisa sabablarini o‘rganmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShda harbiy vertolyotning qulashi oqibatida 1 kishi hayotdan ko‘z yumdi