Moskva Basman sudi kelib chiqishiga ko‘ra qirg‘izistonlik o‘zbek bo‘lgan 27 yoshli Abror Azimovni Sankt-Peterburg metrosidagi portlash tashkilotchisiligidagi asosiy gumondor sifatida 3 iyunga qadar hibsga olish bo‘yicha qaror qildi.
Azimov «terakt» va «noqonuniy ravishda portlovchi qurilmalar tashish» moddalari bo‘yicha ayblanmoqda.
U 3 aprel kuni Sankt-Peterburgda ro‘y bergan portlashni sodir etishdagi asosiy gumondor Akbarjon Jalilovni teraktni sodir etishga tayyorlashda gumon qilinmoqda.
Aynan Azimov teraktdan oldin Jalilov bilan oxirgi marta qo‘ng‘iroqlashgan shaxs edi.
Gumonlanuvchi bir necha kundan buyon qidiruvda edi. U portlashdan so‘ng yashash joyini o‘zgartirgan va barcha telefonlarini tashlab yuborgan. 17 aprel kuni u yangi telefon va sim-kartalar sotib olgan. Sim-kartalardan birini yoqishi bilan u o‘zining qayerdaligini bildirib qo‘ygan.
Azimovni Moskva viloyatining Odinsovo tumanidagi temir yo‘l yoqasida FXX xodimlari qo‘lga olishdi. Uning yonidan Makarov rusumli to‘pponcha topilgan.
Tergov jarayonida aniqlanishicha, Azimov Abror Ahralovich 1990 yilda Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida tug‘ilgan, 2013 yilning 25 mayida Qirg‘iziston fuqaroligidan chiqarilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi