22:32 / 18.04.2017
8 194

Hillari Klinton Obamadan kechirim so‘ragan

Hillari Klinton Obamadan kechirim so‘ragan
AQShning sobiq davlat kotibi Hillari Klinton AQShda o‘tgan 2016 yilgi prezidentlik saylovlaridagi mag‘lubiyati uchun AQShning sobiq prezidenti Barak Obamadan kechirim so‘ragan deb yozadi Kun nashri.

Bu haqda "Ro‘yobga chiqmagan: Hillari Klintonning kampaniyasi ichida" deb nomlangan kitobdan parcha chop etgan The Washington Post nashri ma’lum qildi.

Nashrning yozishicha, saylov natijasi aniq bo‘lgan kecha Obama Klintonga mag‘lubiyatni tan olish taklifi bilan qo‘ng‘iroq qilgan. Klinton bunga rozi bo‘lgan va saylovlarda g‘olib bo‘lgan Donald Trampni telefon orqali tabriklagan.

Bir necha daqiqa o‘tib Klinton Obamaga qo‘ng‘iroq qilib, saylovdagi mag‘lubiyati uchun kechirim so‘ragan.

"Janob prezident, kechiring", deb aytgan Klinton.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hillari Klinton Obamadan kechirim so‘ragan