10:18 / 20.04.2017
6 003

Tonggi qaynoq xabarlar: prezidentlikka nomzod yo‘q, uy hayvonlari pulga aylanganda

Tonggi qaynoq xabarlar: prezidentlikka nomzod yo‘q, uy hayvonlari pulga aylanganda
Kolumbiyaning Manisales shahrida ro‘y bergan ko‘chki 19 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi. Yana 6 kishining taqdiri hozircha noma’lum.
 
Albaniya parlamenti prezidentlikka nomzod bo‘lmagani uchun mamlakat rahbariyatini saylay olmadi. Bosh vazir Edi Rama boshchiligidagi partiya birinchi raundda nomzodni ilgari surishni ma’qul ko‘rmadi. Agar saylovlarning 5 raundida ham nomzod taklif etilmasa, parlament tarqatiladi.
 
Venesuelaning Miranda shtatida o‘tkazilgan hukumatga qarshi namoyishlarda bir harbiy vafot etdi. Shu tariqa, mamlakatda o‘tgan ommaviy namoyishlarda qurbon bo‘lganlar soni 3 nafarga etdi.
 
Zimbabveda qo‘ylar rasman pul sifatida qabul qilinadigan bo‘ldi. Hukumat qoramol va ularning xizmati orqali ta’lim uchun to‘lash imkoniyatini yaratdi. Aholi, shuningdek, echkilarni ham pul sifatida taqdim etishlari mumkin. 

Manba: qalampir.uz


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tonggi qaynoq xabarlar: prezidentlikka nomzod yo‘q, uy hayvonlari pulga aylanganda