17:44 / 20.04.2017
8 483

Amerikada Putinni haqorat qilgan jurnalist ishdan haydaldi

Amerikada Putinni haqorat qilgan jurnalist ishdan haydaldi
Fox News telekanaliga egalik qiluvchi 21 Century Fox kompaniyasi Vladimir Putinni “qotil” deb atagan boshlovchi va siyosiy sharhlovchi Bill O'Reyli ishdan bo‘shatilgani haqida xabar qildi.
"Kompaniya va Bill O'Reyli u Fox News’ga boshqa qaytib kelmasligiga kelishib olishdi", - deyiladi xabarda.

O'Reylining ishdan bo‘shatilishiga unga jinsiy shilqimlik bilan bog‘liq ayblovlar qo‘yilgani sabab bo‘lgan. Natijada Fox 13 million dollar to‘lab berdi, jurnalist boshlovchilik qilgan dastur homiylari esa reklamani joylashtirish bo‘yicha shartnomalarni qaytarib ola boshladi.

Bundan tashqari, fevral oyida Bill O'Reyli boshqa mojaro “qahramoni”ga aylandi. Teleboshlovchi AQSh prezidenti Donald Tramp bilan intervyu chog‘ida G‘arbning Moskvaga nisbatan qo‘ygan ayblovlari haqida eslatib o‘tdi, hamda Putinni “qotil” deb atadi.

"Siz nima deb o‘ylaysiz? Bizning mamlakat umuman aybsizmi?" – deya bunga javob qaytargan Oq uy rahbari.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml bu borada uzr so‘ralishini kutayotganini ta’kidlab o‘tgan.

O'Reyli o‘zining “O'Reyli omili” ko‘rsatuvini 1996 yildan beri olib borgan va telekanal “yuzi” bo‘lgan. U Fox News’ning avvalgi prezidenti Rojer Eylsning yaqin tanishi bo‘lgan. So‘nggisi ham 2016 yilda shilqimlik bo‘yicha ayblovlar tufayli ishdan haydalgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikada Putinni haqorat qilgan jurnalist ishdan haydaldi