22:17 / 20.04.2017
8 920

Akram Azimov hibsga olindi

Akram Azimov hibsga olindi
Sankt-Peterburg metrosidagi terakt tashkilotchilaridan biri sifatida qo‘lga olingan Akram Azimov ikki marta Turkiyaga safar qilgan. Bu haqda Moskva Basman sudida taqdim etilgan tergov materiallari guvohlik beradi.

«Pasportdagi ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchi Turkiyaga ikki marta borgan — 2016 yilning dekabrida va 2017 martida», — deya sudyaning so‘zlarini keltirgan RIA Novosti.
Bundan oldinroq Azimov teraktga aloqadorligini rad etgani aytilgandi.

FSB  Akram Azimovni terakt tayyorlanishi uchun foydalanilgan mablag‘larni etkazib berganlikda gumon qilib qo‘lga olgandi.
U tergov jarayonida o‘ziga qo‘yilgan ayblarni tan olgan.
Tergov qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra,  Akbarjon Jalilovga xalqaro terrorchi tashkilotlardan biri orqali mablag‘ etkazib bergan.

«Tergov taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, Azimov Jalilov bilan aloqada bo‘lgan va unga pul etkazib bergan. U pul mablag‘larini Turkiyadagi xalqaro terrorchi tashkilotdan olgan», — deya sudya Elena Lenskayaning Azimovni hibsga olish haqidagi qaroridan iqtibos keltirgan RIA Novosti.

Qayd etilishicha, Azimov «hujjatlarni soxtalashtirish» bilan shug‘ullangan. Bu orqali u terrorchilarning Rossiyaga bemalol kirib kelishini ta’minlagan.
18 aprel kuni Akram Azimovning ukasi Abror Azimov hibsga olingandi.

Manba: Kun.uz


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Akram Azimov hibsga olindi