12:10 / 21.04.2017
6 082

Tramp XXR raisi Si Szinpinni qanday ko‘ndira oldi?

Tramp XXR raisi Si Szinpinni qanday ko‘ndira oldi?
AQSh prezidenti Donald Tramp XXR raisi Si Szinpinni KXDR muammosini hal qilishda faolroq ishtirok etishga ko‘ndirganini ma’lum qildi. Bu AQSh bilan qulay shartlardagi savdo kelishuvlari evaziga ro‘y beradi.

"Men aslida unga aytdim (Si Szinpinga – tah.): "Siz Shimoliy Koreyaning bu tahdidi bilan nimadir qilsangiz, yaxshiroq savdo kelishuviga erishasiz", - deya ma’lum qildi Tramp Italiya bosh vaziri Paolo Jentilioni bilan matbuot anjumanida.

Ikki davlat etakchilarining muzokaralari AQShda aprel boshidan bo‘lib o‘tgandi.

Shuningdek Tramp KXDR muammosini hal qilish bo‘yicha “ko‘p ishlayotgan” Si Szinpinni “chuqur hurmat qilishini” ham yana bir bor ma’lum qildi.

"Barcha mutaxassislar Xitoy hech qachon hozirgidek ishlamaganini aytishmoqda. Ko‘mir bo‘lgan ko‘plab kemalar ortga qaytarildi (KXDRga – tah.). Boshqa narsalar yuz bermoqda", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Tramp.

Bundan tashqari, matbuot anjumani vaqtida Trampdan, u KXDR etakchisi Kim Chen Inni “ruhay nobarqaror” deb hisoblashi haqida ham so‘rashdi.

"Sizning barqarorlik haqidagi savolingizga javob bera olmayman. Umid qilamanki, javob salbiy emas, balki ijobiy", - degan Tramp.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp XXR raisi Si Szinpinni qanday ko‘ndira oldi?