Federal xavfsizlik xizmatining Xabarovskdagi boshqarmasiga hujum qilindi

  • 22 aprel 2017, 08:30
  • 5 089
  • Dunyo
  • Federal xavfsizlik xizmatining Xabarovskdagi boshqarmasiga hujum qilindi
    21 aprelda noma’lum o‘smir Federal xavfsizlik xizmatining Xabarovskdagi boshqarmasiga hujum qildi va bir xodimni otib o‘ldirdi. Bosqinchi otib tashlangan. Bundan tashqari, boshqarmaga kelgan yana bir odam halok bo‘lgan.

    Ushbu hujum uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda SITE Intel Group tashkiloti tvitterda ma’lum qildi.

    OAV ma’lumotlariga ko‘ra, bosqinchi hujumni amalga oshirishda avvalroq mahalliy tirdan o‘g‘irlangan quroldan foydalangan. Keyinroq yana bir gumonlanuvchi qo‘lga olingan, uning kvartirasida o‘qlari bor jangovar avtomat topilgan.

    Ma’lum qilinishicha, hujumni 18 yoshli mahalliy o‘smir sodir etgan. Voqea soat 05:00da yuz bergan. O‘smir bundan avval tirdagi instruktorni o‘ldirib, u erdan qurol o‘g‘irlagan.

    Biroq Rossiya tergov qo‘mitasi hujumni sodir etgan o‘smirning IShID bilan aloqasi bo‘lishi mumkinligiga asoslar yo‘q, deb hisoblamoqda.

    "Hozirda olingan ma’lumotlar tergovga jinoyat boshqa millatdagi odamlarga adovat bilan qaraydigan neonasistik qarashlar tarafdori tomondan sodir etilgani haqida xulosaga kelishga ijozat beradi", deb aytildi tergov qo‘mitasi xabarida.

    20 aprelda IShID Parijda polisiyachilarning o‘qqa tutilishi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgandi. Hujum oqibatida bir polisiyachi halok bo‘lgan, ikki nafari jarohat olgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Federal xavfsizlik xizmatining Xabarovskdagi boshqarmasiga hujum qilindi