22:15 / 22.04.2017
5 947

Buyuk Britaniyada ko‘mirsiz bir kun qanday o‘tdi?

Buyuk Britaniyada ko‘mirsiz bir kun qanday o‘tdi?
Buyuk Britaniya 21 aprel kuni butun kun davomida elektr energiyasini ishlab chiqishda ko‘mirdan foydalanmadi. Bu holat Londonda birinchi markazlashgan ko‘mir generatori ishga tushirilgan 1882 yildan beri ilk shunday vaziyatga aylandi, deb xabar bermoqda manbaga asoslanib Kun.uz sayti.

Bunga qadar mamlakatda ko‘mirsiz to‘xtovsiz energetika davri 19 soatga teng bo‘lgan. U 2016 yilning mayida ilk bora yuz berdi hamda 2017 yilning 20 aprel kuni qaytarildi.

“Sanoat inqilobi boshlanganidan beri kuzatilgan ilk ko‘mirsiz bir kun energetika tizimini o‘zgarishda keskin burilish davriga aylandi. Buyuk Britaniyada juda turfa va moslashuvchan elektr manbalardan foydalaniladi. Bizning energetika tizimimiz o‘zgarishda davom etmoqda va National Grid bu o‘zgarishlarga moslashib bormoqda”, - dedi National Grid vakili Kordi O’Hara.

Ko‘mir mamlakat energetika ta’minotida 1990 yillarga qadar juda muhim o‘rin tutgan, biroq so‘nggi yillarda undan foydalanish miqdori ancha qisqardi. Sababi ko‘plab ko‘mir zavodlari yopildi yoki yog‘och g‘o‘lalar va boshqa bioyoqilg‘ilardan foydalanishga o‘tib olishdi. 2016 yilda elektr quvvati ishlab chiqarishda ko‘mirning ulushi 9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2015 yilda bu ko‘rsatkich 23 foizga teng edi.

Buyuk Britaniyada oxirgi chuqur ko‘mir koni 2015 yilning dekabrda yopildi. “O‘n yil avval ko‘mirsiz kun kechirish umuman tasavvurga ham sig‘mas edi, yana o‘n yildan so‘ng esa bizning energetika tizimimiz keskin ravishda o‘zgaradi”, - deya aytib o‘tdi Greenpeace UK vakili Xanna Martin.

2025 yilga qadar Britaniya hukumati atmosferaga chiqarilayotgan zararli moddalar hajmini kamaytirish maqsadida mamlakatning ko‘mirda ishlayotgan elektr stansiyalarini bosqichma-bosqich yopish yoki faoliyat turini o‘zgartirishni rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Buyuk Britaniyada ko‘mirsiz bir kun qanday o‘tdi?