16:36 / 23.04.2017
8 249

Germaniya Afg‘onistonda tolibonlar hujumiga qat’iy javob qaytaradi

Germaniya Afg‘onistonda tolibonlar hujumiga qat’iy javob qaytaradi
Germaniya Mudofaa vaziri Ursula fon der Lyayen Afg‘oniston shimolidagi Balx viloyati hududida joylashgan tolibonlarga qarshi jiddiy hujum amalga oshirilishi haqida ma’lum qildi.

Pajvok agentligining xavfsizlik xizmatidagi manbaga asoslanib bergan xabariga ko‘ra, afg‘on armiyasi askarlari libosidagi jangarilar harbiy baza hududiga bostirib kirgan. Ushbu hujum uchun javobgarlikni «Tolibon» jangarilari o‘z zimmasiga oldi.

Bundan oldinroq Afg‘oniston Mudofaa vazirligi Balxdagi hujum oqibatida halok bo‘lganlar soni 140 nafardan ortiqni tashkil qilgani haqida ma’lum qilgandi.

«Bunday qo‘rqoqlarcha harakati bilan «Tolibon» hech qachon o‘z maqsadiga erisha olmaydi. Ularning oxirgi harakatlari bizning qarorimizni qat’iylashtirdi. Afg‘oniston aholisiga ko‘mak ko‘rsatish va ushbu mamlakat xavfsizlik kuchlarini takomillashtirish bo‘yicha yordam ko‘rsatish davom ettiriladi», — deya vazirning so‘zlarini keltirgan Bild am Sonntag.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniya Afg‘onistonda tolibonlar hujumiga qat’iy javob qaytaradi