12:56 / 24.04.2017
8 828

Donald Tramp so‘nggi 70 yillikdagi eng omadsiz prezident bo‘ldi

Donald Tramp so‘nggi 70 yillikdagi eng omadsiz prezident bo‘ldi
AQSh prezidenti Donald Trampning prezident sifatidagi ilk 100 kunlik faoliyati jamoatchilik tomonidan past baholandi. Natijada bu 1945 yildan buyon qayd etilgan eng past ko‘rsatkich bo‘ldi.

23 aprel kuni “NBC” va “Wall Street Journal” nashrlari hamkorlikdagi so‘rovnoma natijalarini e’lon qilishdi. Unga ko‘ra, qo‘shma shtatlarning 40 foiz aholisi Donald Trampdan mamnun bo‘lsa, 54 foiz aholi uning faoliyatini ma’qul ko‘rmaydi.

35 foiz respondentlar Donald Trampning ish faoliyati boshlanishini yaxshi deb baholagan, 64 foizi esa omadsiz deya qayd etdi.

“ABC” va “Washington Post” nashrlari so‘rovnoma natijasi ham shunga o‘xshash. 42 foiz aholi Donald Tramp faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi, 53 foizi esa siyosatdan norozi.

28 mart kuni “Gallup” firmasi o‘tkazgan so‘rovnoma natijasida 59 foiz aholi Donald Trampning faoliyatini ma’qullamasligi aniqlangandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Donald Tramp so‘nggi 70 yillikdagi eng omadsiz prezident bo‘ldi