22:51 / 25.04.2017
6 997

Hindistonlik polisiyachi qoplondan qutulish uchun tomdan sakrashga majbur bo‘ldi (Video)

Hindistonlik polisiyachi qoplondan qutulish uchun tomdan sakrashga majbur bo‘ldi (Video)
12 soat davom etgan “tutish” tadbiridan so‘ng qoplon qo‘lga olindi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.

Hindistonning Kuruli (Kuruli) qishlog‘ida polisiya xodimi qoplonga em bo‘lmaslik uchun tomdan sakradi. Polisiyachi Bidjay Kuntiya (Bijay Khuntia) qishloqdagi uylardan birining molxonasiga yashirinib olgan yirtqichni tutishda qishloq ahliga yordam berdi. Ammo kutilmaganda qoplon tomga chiqib, polisiyachiga hujum qildi. Yirtqich Kuntiyaga tirnog‘ini botirishga ulgurdi. Oqibatda polisiyachi tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizildi.

Polisiyachidan tashqari, yana ikki kishi, shu jumladan 16 yoshli bola ham yirtqich changalidan jabrlandi. Qoplon 12 soatdan keyin qo‘lga olindi. Ayni paytda qoplonni hayvonot bog‘iga joylashtirish choralari ko‘rilmoqda.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonlik polisiyachi qoplondan qutulish uchun tomdan sakrashga majbur bo‘ldi (Video)