10:15 / 26.04.2017
6 638

Farg‘onada soliq qarzi uchun xatlovga olingan tovarlar savdo yarmarkasi o‘tkazildi

Sud departamentining Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi hamda viloyat Davlat soliq boshqarmasining 2017 yil 13 aprel kungi 4296-sonli qo‘shma topshirig‘iga asosan, 2017 yilning 22-23 aprel kunlari Farg‘ona shahar savdo majmuasi hududida shahar sud ijro bo‘limi hamda Farg‘ona shahar davlat soliq inspeksiyasi bilan hamkorlikda soliq qarzdorligi hisobiga xatlovga olingan mol-mulklar savdo yarmarkasi tashkil etildi, deb yozadi Kun.uz sayti.
Farg‘onada soliq qarzi uchun xatlovga olingan tovarlar savdo yarmarkasi o‘tkazildi
Yarmarkada, soliq qarzi uchun xatlovga olingan va musodara qilingan tovarlar bilan savdo qiluvchi 7 ta savdo tashkilotlari tomonidan jami 23 turdagi mol-mulklar, jumladan, avtotransport vositalari va ehtiyot qismlari, televizor va boshqa maishiy jihozlar, uyali aloqa vositalari va boshqa jihozlar savdoga qo‘yildi.


Aholiga qulaylik yaratish maqsadida savdolar naqd pul, plastik kartochka yoki pul o‘tkazish yo‘li orqali amalga oshirildi.

O‘tkazilgan yarmarka natijalariga ko‘ra jami qiymati 21,3 mln.so‘mlik mol-mulklar sotilib, savdodan tushgan pullar belgilangan tartib asosida byudjetga yo‘naltirildi.

Ushbu yarmarkalar viloyatning boshqa shahar va tumanlarida ham davom etmoqda


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Farg‘onada soliq qarzi uchun xatlovga olingan tovarlar savdo yarmarkasi o‘tkazildi