08:36 / 27.04.2017
6 640

Rossiyada yana bir terrorchilik guruhi qo‘lga olindi

Rossiyada yana bir terrorchilik guruhi qo‘lga olindi
Rossiyaning Kaliningrad shahrida mamlakat FXX tomonidan “Islom jihodi – mujohidlar jamoati” terrorchilik guruhining 12 nafar a’zosi qo‘lga olindi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, markaziy osiyolik fuqarolar mazkur terrorchilik tashkiloti a’zolari bo‘lishi mumkin.

Rossiya maxsus xizmatlarining xodimlari O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan va mazkur guruh etakchisi hisoblangan shaxsni aniqlashgan. Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, u Kaliningrad viloyati aholisi, shuningdek, Markaziy Osiyodan kelgan fuqarolarni terrorchilar guruhi safiga yollash bilan shug‘ullangan.


Qo‘lga olinganlar zarur ko‘rsatmalarni berishmoqda. Jumladan, ular o‘z qarindoshlari va yaqinlarining terrorchilik gurahlaridagi harakati haqidagi ma’lumotlarni ham taqdim etishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada yana bir terrorchilik guruhi qo‘lga olindi