10:15 / 27.04.2017
8 027

Zaxarova: Snouden Rossiyada qancha istasa shuncha qolishi mumkin

Zaxarova: Snouden Rossiyada qancha istasa shuncha qolishi mumkin
Amerika maxsus xizmatlarining sobiq xodimi Edvard Snouden boshqalarning ko‘rsatmasi va majburlovlarisiz Rossiyada qancha qolishni hal qila oladi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Yahoo Global News’ga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi «Daryo».

«O‘ylashimcha u buni mustaqil hal qiladi», — dedi Zaxarova Snouden Rossiyada uzoq muddat qolishi mumkinmi degan savolga javob bera turib.

«U bilan hech qachon uchrashmaganman, suhbatlashmaganman ham. U shunchaki bir inson, o‘z irodasiga ega, qayerda yashashini mustaqil hal qilishga qodir», — deya ma’lum qildi Rossiya tashqi siyosat boshqarmasi vakili.

Advokat Anatoliy Kucherna nashrga AQSh prezidentining yangi ma’muriyati Amerika maxsus xizmatlari sobiq xodimi Edvard Snouden bilan aloqaga chiqmaganligini ma’lum qildi. «Bugungi kunda deyarli hech narsa o‘zgarmadi, u Rossiyada yashamoqda va ishlamoqda», — dedi Kucherna.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zaxarova: Snouden Rossiyada qancha istasa shuncha qolishi mumkin